Oftoboyimning tarbiyasini olgan qiz
“Rus maktabida tahsil olganim uchun ochigʻi, “Oʻtkan kunlar” asarini oʻqimasdan turib, Sobir Muhammedov yozgan ssenariydan kelib chiqib rol oʻynaganman. Agar asarni oʻqiganimda, Kumush obrazini yanada teranroq ochib bergan boʻlardim. Kumushni osmondagi qahramon emas, oramizda yashayotgan hayo-iboli, iffatli qiz timsolida yaratish kerak edi. Oʻsha filmda ishtirok etgan aktyorlarning bu asarga hurmati balandligidan oʻziga berilgan obrazni sidqidildan oʻynagan. Ustoz sanʼatkorlar mehnati soyasida Kumush obrazini yaratishga harakat qildim.
“Oʻtkan kunlar” filmida boshqa ishtirok etmasligim kerak edi. Masalan, “Oʻtkan kunlar” ilk bor ekranlashtirilganda Oftoboyim qisqa koʻrinishda boʻlgan. Bu safar oʻynagan rolimdan aktyor sifatida qoniqmadim. Chunki bu obraz avvalgisida meʼyoriga yetkazib yaratilgan. Ikkinchi filmda Oftoboyimning dardu hasratlari, ichki kechinmalari, Oʻzbekoyimning xarakteri ham koʻngildagidek ochib berilmadi. Masalan, Oʻzbekoyim oqsuyak ayol. U dasturxon atrofida qoʻlida yelpigʻich bilan pashsha qoʻrib oʻtirmaydi...”
Davomini tez orada “Xalq soʻzi” saytidan oʻqiysiz. Bizni kuzatishda davom eting.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring