OFK Elit Chempionlar ligasining guruh bosqichi yakunlandi
Kecha OFK Elit Chempionlar ligasi musobaqasining gʻarbiy mintaqasida guruh bosqichi oʻyinlari yakunlandi.
8 ta tur natijalariga koʻra quyidagi jamoalar musobaqaning nimchorak final bosqichiga yoʻl oldi:
“Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni);
“Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni);
“Traktor” (Eron);
“Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni);
“Al-Vahda” (Birlashgan Arab Amirliklari);
“Shabab Al-Ahli” (Birlashgan Arab Amirliklari);
“Al-Sadd” (Qatar);
“Al-Duhayl” (Qatar).
Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Sharja”, Qatarning “Al-Gʻarafa”, Iroqning “Al-Shorta” va Oʻzbekistonning “Nasaf” klublari esa musobaqadagi ishtirokini shu bosqichda yakunladi.
Maʼlumot uchun, Elit Chempionlar ligasining nimchorak final oʻyinlari 2-mart sanasida start oladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring