Odamcha shaklidagi jo‘natma

13:07 11 May 2018 Jamiyat
1649 0
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Niderlandiya davlatidan poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaro M.B. nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasi bojxonachilar tomonidan nazoratdan o‘tkazilganda uning ichida deklaratsiyalanmagan to‘q sariq rangli odamcha shaklidagi tabletkalar borligi aniqlandi. 

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Bu tabletkalar tegishli tartibda ekspertizadan o‘tkazilganda, og‘irligi 140,63 gramm bo‘lgan sintetik giyohvandlik moddasi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 246-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shoyim BO‘TAYEV.


 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер