Odam savdosida gumonlangan oʻzbekistonlik Istanbulda qoʻlga olindi

15:19 08 May 2024 Jamiyat
402 0

Shu yilning 6-may kuni Oʻzbekiston va Turkiya IIVlari hamkorligida amalga oshirilgan tezkor tadbir natijasida firibgarlik va odam savdosi jinoyatini sodir etishda ayblanayotgan R.O qoʻlga olingan. Bu haqida Istanbuldagi Oʻzbekiston konsulxonasi maʼlum qildi.

1979-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgani aytilayotgan R.O Istanbul shahrining Fotih tumanida qoʻlga olingan.

Maʼlumot uchun, bu shaxs Samarqand viloyatida fuqarolarning koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirishda, shuningdek Istanbul shahrida boʻlgan davrida 2022-2023-yillar mobaynida bir qancha Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolarini Turkiya — Ispaniya — Nikaragua — Meksika yoʻnalishi boʻylab AQSHga yuborishni vaʼda qilib, firibgarlik yoʻli bilan ularning har biridan 10-15 ming AQSH dollari olib, vaʼdasini bajarmasdan, oʻzining shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborganlikda ayblanmoqda.

“Keyingi vaqtlarda AQSH, Kanada yoki Yevropa davlatlarga borish uchun viza rasmiylashtirib berish vaji bilan firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan Bosh konsulxonamizga kelayotgan murojaatlar soni ortganligini inobatga olib, fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolishdan ogoh boʻlishlarini soʻraymiz”, deyiladi konsulxona xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер