Odam papilloma virusiga qarshi emlanish boʻyicha yangi tavsiyalarni eʼlon qilindi

12:29 23 Dekabr 2022 Dunyo
1400 0

Foto: Illustrativ surat

Odam papilloma virusining 200 dan ortiq turi mavjud boʻlib, shundan 13 tasi onkologik kasalliklarga sabab boʻladi. Xususan, virusga qarshi oʻz vaqtida vaksina olinmasa, 16 va 18-tiplari bachadon boʻyni saratonini keltirib chiqarishi JSST ekspertlarining tadqiqotlarida  isbotlandi.

Biroq mutaxassislar dunyo boʻyicha mazkur xavfli kasallikka qarshi emlash qamrovi pasayib ketganidan xavotirda. Xususan, 2019-2021-yillarda vaksina olganlar soni 15-25 foizga kamaygan. Yaʼni 3,5 million nafar qiz emlash jarayonidan chetda qolgan.

Shu bois Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti odam papilloma virusiga qarshi emlash boʻyicha tavsiyalarini yangiladi. Undan quyidagi koʻrsatmalar oʻrin olgan:

9-14 yoshli qizlar vaksinaning birinchi yoki ikkinchi dozasini qabul qilishi lozim;

15-20 yoshli xotin-qizlar bir yoki ikki bosqichda emlanishi kerak;

21 yoshdan oshgan ayollar 6 oylik oraliq bilan ikki dozada vaksina olishi zarur.

Shuningdek, JSST ekspertlari immuniteti zaif, OIV infeksiyasidan aziyat chekadigan opa-singillarimiz birinchi navbatda emlanishi shart, degan xulosada. Ular xastalikka qarshi vaksinaning kamida ikki, imkoni boʻlsa, uch dozasini qabul qilishlari lozim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер