Ochiq tanlovlarning test sinovi bosqichida Oʻzbekiston Konstitutsiyasidan savollar qoʻshildi
Xabaringiz bor, Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz orqali davlat fuqarolik xizmatidagi vakant lavozimlar boʻyicha tanlovlar oʻtkazilib kelinmoqda.
Portal faoliyati xorijiy tajriba, nomzodlar va jamoatchilik takliflari asosida takomillashib bormoqda.
Ayni damda ochiq tanlovlarning test bosqichi ishtirokchilari uchun test savollari toʻplami:
— milliy qonunchilik;
— davlat tili;
— axborot kommunikatsiya texnologiyalari;
— mantiqdan iborat.
Endilikda Milliy qonunchilik tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan savollar qoʻshilganligini maʼlum qilamiz.
Eslatib oʻtamiz, davlat xizmatiga ishga kirishda Konstitutsiyamiz boʻyicha imtihonlar oʻtkazish tizimini amalda tatbiq etish zarurligi haqida Davlatimiz rahbarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan mamlakat xalqiga yoʻllagan bayram tabrigida taʼkidlab oʻtilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring