Nursulton Nazarboyevning nevarasi vafot etdi

16:54 16 Avgust 2020 Dunyo
1696 0

Bugun tunda Oysulton Nazarboyev London shahrida vafot etdi. Bu haqda zakon.kz manbasi xabar berdi.

U oʻn kundan keyin 30 yoshga toʻlar edi.

Dastlabki taxminlarga koʻra, yurakning toʻxtab qolishi oʻlim sababi boʻlgan. Boshqa tafsilotlarga oydinlik kiritilmoqda.

Oysulton Nazarboyev Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nevarasi hisoblanadi.

U sobiq davlat rahbarining toʻngʻich qizi Dariga Nazarboyevaning oʻgʻlidir.

1990-yil 26-avgustda tugʻilgan Oysulton Ostona(hozirgi Nur-Sulton) shahridagi uzluksiz taʼlim xalqaro kolleji, soʻngra Avstriyadagi Amerika xalqaro maktabida tahsil olgan. 2010-yilda Sandxertsdagi Buyuk Britaniya qirollik harbiy akademiyasini tamomlagan. 2012-yilda Qozogʻiston mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasida ishga kirgan. U yerda bir yil xizmat qilgan.

Avstriyada oʻqishi davomida «Admira Vakker» futbol klubida toʻp surgan. 2006-yilda Qozogʻiston birinchi ligasida poytaxt sharafini himoya qilgan «Raxat» jamoasi tarkibida ikki marta maydonga tushgan. 2006-yilda futbol boʻyicha Yevropa oʻsmirlar chempionati saralash turnirida ishtirok etgan. Bir qancha vaqt Angliyaning “Portsmut” klubi tarkibida ham oʻynab koʻrgan.

U Angliyada istiqomat qilib kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер