Nursiz duranglar va 2 ta golli durang

10:48 12 Mart 2026 Sport
254 0

Kecha, 11-mart kuni Oʻzbekiston Superligasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan 3 ta bahsning barchasida durang natija qayd etildi.

Dastlabki bahs Termiz shahrida tashkil etildi va unda “Surxon” jamoasi “Bunyodkor”ni qabul qildi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bahsda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi “Doʻstlik” stadionida “Qoʻqon-1912” klubini qabul qildi. Ushbu bahs ham 0:0 hisobida yakunlandi.

Kunning soʻnggi bahsida esa “Buxoro” jamoasi oʻz maydonida “Xorazm”ni qabul qildi. Uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Gollarga mezbonlardan Vladimir Rodich, mehmonlardan Azizjon Ahrorov mualliflik qildi.

Maʼlumot uchun, Superliga 3-turidan oʻrin olgan bahslar bugun yakunlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер