Nurotada muhim sayyohlik obyektlaridan biri rekonstruksiya qilindi

15:34 16 Iyul 2018 Jamiyat
2769 0
Foto: Livejournal

Nurota Navoiy viloyatining sayyohlik nuqtai nazaridan jozibador hududlaridan biri. Birgina tuman markazidagi “Chashma” me’moriy-majmuasi sayyohlarni qayta kelishga chorlaydigan manzillardan hisoblanadi. Muxbirimiz Temur Eshboyevning “Xalq so‘zi”ga ma’lum qilishicha, ushbu maskan so‘nggi yillarda obod qilinib, zamon talabidagi turizm infrastrukturasi yaratilyapti. Ishga tushirilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan “Nurota” mehmonxonasi shular jumlasidandir.

“Chashma” ziyoratgohi ro‘parasida me’morchilikning milliy hamda zamonaviy yutuqlarini o‘zida jamlagan 54 o‘rinli ushbu mehmonxona “Buyuk imorat qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan bunyod etildi. Shuningdek, mehmonxonaning tashqi va ichki qismlari qo‘qonlik, xorazmlik, jizzaxlik va qoraqalpoq ustalar tomonidan milliy uslubda bezaldi.

Loyihada majmua uchun jami 12 gektar maydon ajratilgan. Shu maqsadda “Chashma” hududidagi 150 xonadon ko‘chirilib, o‘rnida 2019 yil yakuniga qadar yana bir qator so‘lim manzillar bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер