Nur-Sulton ham “qizil hudud”ga aylandi
Qozogʻistonda “qizil hudud”lar soni yana bittaga koʻpaydi. Poytaxt Nur-Sulton shahrida bir sutka davomida koronavirusga chalinish bilan bogʻliq 100dan ortiq yangi holat aniqlandi.
Shunday qilib Akmolinsk va Kustanay viloyatlari bilan birgalikda poytaxt ham xavfli zona qatoriga kiritildi.
Olmota, Atirau, Gʻarbiy Qozogʻiston, Shimoliy Qozogʻiston va Pavlodar “sariq hudud” boʻlib turibdi.
Mamlakatning boshqa hududlari esa “yashil”ligicha qolgan.
Ayni paytda Qozogʻiston Covid-19 tarqalishi boʻyicha oʻrtacha xavf tugʻdirayotgan mamlakatlar roʻyxatidan joy olgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring