Nukusda uch chaqaloq dunyoga keldi

18:07 25 Yanvar 2019 Jamiyat
2471 0

Foto: "Xalq so'zi"

Kecha, yaʼni 24 yanvar kuni Nukus tumani “Oqterak” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Murat Jumamuratov va Nargiza Menglibekovaning farzandlari soni olti nafarga yetdi.

Gap shundaki, birdaniga uch qiz egizak farzandlar dunyoga kelib, ota-onasi bagʻrini toʻldirdi.

Eʼtiborlisi, bundan oldingi safar ham ushbu oilada ikki egizak tugʻilgandi.

- Xushxabarni eshitishimiz bilan tugʻruqxonaga borib, baxtiyor ona va chaqaloqlar holidan xabar oldik, - deydi tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Sarvinaz Abatova. - Kelgusida ular doimiy eʼtiborimizda boʻladi.

Hidoyat AHMЕDOV, “Xalq soʻzi” muxbiri. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер