Noyob jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi

14:02 03 Oktyabr 2019 Jamiyat
2157 0

Illyustrativ foto

Buxoro viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot birlashmasida rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda ogʻiz, halqum sohasi oʻsma kasalligiga chalingan bemorda noyob jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi.

Bu mamlakatimizda onkologiyaning xuddi shu yoʻnalishida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan ilk murakkab jarrohlik amaliyotidir.

-Mazkur shifoxonaning eng soʻnggi rusumdagi tibbiy asbob – uskunalar bilan jihozlangani, mahalliy mutaxassislarning yuqori kasbiy malakaga egaligi evaziga ushbu operatsiyani oʻzaro hamkorlikda risoladagidek oʻtkazdik,-deydi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi 1- sonli Moskva shahar klinikasi boʻlim mudiri Andrey Shelesko.- Ayni damda bemor oʻzini yaxshi his etyapti.Uning tez orada oilasi bagʻriga qaytishiga ishonchimiz komil.Biz bundan keyin ham Buxoroda xuddi shunday mahorat saboqlarini tashkil etish niyatidamiz.

Istam IBROHIMOV,

(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер