“Notariuslardan bepul huquqiy bilimlar” ijtimoiy aksiyasi oʻtkazildi

17:54 27 Mart 2025 Jamiyat
426 0

Muborak Ramazon hayiti arafasida Oʻzbekiston Notarial palatasi hamda “Yuksalish” umummilliy harakati yana bir savobli ishga qoʻl urdi.

Joriy yilning 26-27-mart kunlari respublikamizning barcha hududlaridagi 50 dan ziyod mahallalar, tuman va shahar Davlat xizmatlari markazlarida “Notariuslardan bepul huquqiy bilimlar” aksiyasi oʻtkazildi.

Ushbu aksiyadan maqsad – aholining huquqiy ong va madaniyatini shakllantirishga koʻmaklashish, huquqiy bilimlarini oshirish va fuqarolarni qiynayotgan muammolar yuzasidan bepul huquqiy maslahatlar berishdan iborat.

“Notariuslardan bepul huquqiy bilimlar” aksiyasi hududlarda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi 100 nafardan ziyod notarius fuqarolar bilan uchrashuvlar oʻtkazdilar.

Ikki kunlik aksiya tadbirlarida ishtirok etgan 5000 dan ziyod murojaatchilarga notariuslar tomonidan uy-joy, oilaviy munosabatlar, avtotransport vositalarini rasmiylashtirish, mol-mulkka egalik qilish, hadya va meros masalalari yuzasidan tushunchalar berdilar va ularni qiziqtirgan savollarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, notariat sohasiga kiritilgan yangiliklar, xususan, e-notarius.uz portalining imkoniyatlari, onlayn notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi haqida maʼlumotlar berildi.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish joizki, Oʻzbekiston Notarial palatasi “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda keng aholi qatlami uchun “Notariuslardan bepul huquqiy maslahatlar” ijtimoiy aksiyasi bu yil toʻrtinchi bor oʻtkazdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер