Noqulay ob-havo tufayli Fargʻona va Nukus aeroportlari yopildi

19:24 17 Dekabr 2019 Jamiyat
1677 0

Uzbekistan Airways meteorologik sharoit(tuman, yetarli darajada koʻrish imkoniyatining mavjud emasligi) sababli bir qator reyslar kechikishi va boshqa vaqtga koʻchirilish haqida maʼlum qildi.

Shu munosabat bilan Fargʻona va Nukus aeroportlari vaqtincha yopilgan. “Fargʻona-Moskva“ yoʻnalishidagi HY-627 reysi Fargʻona aeroportida yetarli darajada koʻrish imkoniyati yoʻqligi tufayli boshqa vaqtga koʻchirilgan.

“Toshkent - Nukus“ yoʻnalishidagi HY-017 reysi keyinga qoldirilgan.

“Tushunishingizdan umidvormiz!“ deya yoʻlovchilar va kutib oluvchilarga murojaat etgan aviakompaniya.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер