Noqulay iqlim sharoitlarida ishlovchilarga qoʻshimcha ustama toʻlanadi
Illyustrativ foto
Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlarida va Konimex tumanining Zafarobod shaharchasida faoliyat yuritayotgan byudjet tashkilotlari xodimlariga ish stajidan kelib chiqqan holda oylik ustama belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Unga koʻra, 3-yilgacha stajga ega boʻlganlarga lavozim maoshining 0,25 foizi, 3-yildan 5-yilgacha boʻlganlarga 0,5 foizi, 5-yildan ortiq stajga ega boʻlganlarga esa 0,75 foizi miqdorida ustama toʻlanadi.
Ustama olish huquqini beruvchi ish stajida xodimning real ishlagan davri, qonunchilikka koʻra ish joyi saqlanib qolgan davr hamda ayrim kon sanoati korxonalaridagi ish tajribasi ham hisobga olinadi.
Bu tartib noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlovchi xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida joriy etilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring