Noqonuniy baliq ovlovchilar “qarmoqqa ilindi”

16:45 31 Yanvar 2022 Jamiyat
1137 0

Foto: Халқ сўзи

Ayni kunlarda yurtimizda qish mavsumi hukm surmoqda. Bu vaqtda ayrim qoʻshtirnoq ichidagi ovchilar imkoniyat topildi deguncha, oʻz manfaati yoʻlida paytdan foydalanib, yurtimiz fauna va flora olamiga zarar yetkazishayotgani amaliyotda koʻp uchramoqda.

— Aydar-Arnasoy koʻllar tizimidagi 1-nazorat punkti inspektorlari tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbirida noyob “Oqsila” baliqlarini noqonuniy ovlab, Oʻzbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunining tegishli moddalari talablarini buzgan fuqaro maʼmuriy javobgarlikka tortildi, — deydi Jizzax viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati rahbari Zamira Abdullayeva. — Natijada fuqaro MJtKning 90-moddasi, 1-qismiga asosan 1 million 350 ming soʻm jarima toʻlaydigan boʻldi.

Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasidan olingan maʼlumotlarga koʻra, “Aydar-Arnasoy” koʻllar tizimiga tutash boʻlgan Forish, Zafarobod, Arnasoy va Mirzachoʻl tumanlarida olib borilgan tadbirlar natijasida noqonuniy ov bilan shugʻullanayotganlardan oʻtgan yil va joriy yilning shu kuniga qadar 1 ming 91 kilogramm baliq, 43 ta qayiq, 6 ta mototransport vositasi, 73 ta toʻr va qarmoqlar hujjatlashtirilgan va 12 ta avtotransport vositalari jarima maydonlariga qoʻyilgan.

Tolibjon Ergashev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер