Nodirbek Abdusattorov Champions Chess Tour turnirida 3-oʻrinni egalladi
Kanadaning Toronto shahrida boʻlib oʻtayotgan turnirning yarim finalida Nodirbek Abdusattorov AQSHlik Uesli Soga armageddon partiyasida magʻlub boʻldi.
Shu tariqa 19 yoshli Abdusattorov shaxmat olamining eng kuchlilari qatnashgan nufuzli turnirni 3-oʻrinda yakunladi. Oʻzbekistonlik grossmeyster 50 ming dollar mukofot pulini qoʻlga kiritdi.
Finalda Uesli So Magnus Karlsen bilan toʻqnash keladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring