Nijegorodsk viloyatida yuz bergan yoʻl transport hodisasi yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bayonot berdi

15:09 10 Dekabr 2021 Jamiyat
835 0

2021-yilning 9-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Ardatov tumani Ideal qishlogʻi yaqinidagi Ardatov — Arzamas mahalliy trassasida “Progress” MCHJga tegishli ish avtobusi va Kamaz rusumli yuk mashinasi toʻqnashib ketgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasi ushbu holat yuzasidan tegishli tashkilot vakillari bilan aloqa oʻrnatdi.

Maʼlum boʻlishicha, yoʻl transport hodisasi vaqtida avtobusda ketayotgan 22 yoʻlovchining 13 nafari Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan. Avtohalokat oqibatida tan jarohati olgani sababli 5 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Nijniy-Novgorod viloyati M.Vladimirskiy nomidagi shahar tez tibbiy yordam kasalxonasiga yotqizilgan.

Ushbu avtohalokat oqibatida tan jarohati olgan yurtdoshlarimizning ahvoli qoniqarli boʻlgani sababli tegishli tibbiy xizmat koʻrsatilgandan soʻng, shu kunning oʻzida ularga kasalxonadan javob berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер