Nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qanday javobgarlik bor?
Arxiv surat
Qonunchilikka muvofiq, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilanadi.
Uzrli sabablar boʻlganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tugʻilishi, voyaga yetmagan shaxsning toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilinishi), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga koʻra tegishli tuman, shahar hokimi nikoh yoshini koʻpi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin.
Nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.
Xususan:
nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, 1 mln 115 ming soʻmdan 2 mln 230 ming soʻmgacha;
ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish, 1 mln 561 ming soʻmdan 3 mln 345 ming soʻmgacha;
nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, 2 mln 230 ming soʻmdan 4 mln 460 ming soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin takroran sodir etish jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring