Nikaragua BMT tuzilmasidagi tashkilotdan chiqishini eʼlon qildi
Arxiv foto
Nikaragua 2024-yilgi dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi holati toʻgʻrisidagi hisobotga mazkur mamlakatga oid tasdiqlanmagan maʼlumotlarni kiritgani uchun BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti tarkibidan chiqishini eʼlon qildi.
Bu haqda Nikaragua tashqi ishlar vaziri Valdrak Yenchke maʼlum qildi.
“Biz Nikaraguaning ushbu tashkilotdan chiqishini eʼlon qilamiz va uning Nikaraguadagi vakolatxonasi va vakolatxonalarini zudlik bilan yopishni talab qilamiz”, dedi u.
Vazirning qoʻshimcha qilishicha, FAOning Nikaraguaga nisbatan pozitsiyasi qabul qilib boʻlmaydigan va hurmatsizlik hisoblanadi.
Hisobotda aytilishicha, Nikaragua aholisining qariyb chorak qismi sogʻlom oziq-ovqatga ega emas va mamlakatda toʻyib ovqatlanmaslik toʻrt foizdan oshadi.
Hukumat FAOni mamlakat rasmiylarining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, inson taraqqiyoti va qashshoqlikka qarshi kurashdagi saʼy-harakatlarini obroʻsizlantirishda aybladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring