Nihoyat! JSST koronavirus pandemiyasi qachon tugashi boʻyicha aniq dalillarni ochiqladi
Koronavirus pandemiyasi 2022-yilgacha tugamaydi, biz yana bir “Covid-19” bilan yashaymiz. Bu fikrlarni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyuge aytib oʻtdi.
“Menimcha, 2021-yil «Covid-19”ning yana bir yili boʻladi. Ammo bu koʻproq boshqariladigan boʻladi», deydi JSST vakili.
Mutaxassis taʼkidlashicha, 2020-yilda dunyo ilmiy va siyosiy noaniqlikka duch keldi. Ammo bugungi kunga kelib koʻproq narsalar maʼlum boʻldi.
Klyuge bu fikrlari bilan tibbiyot uchun zarur vositalar — aniq diagnostika dasturlari va koronavirusga qarshi vaksinalarga ishora qilgan.
“2022-yil boshiga kelib pandemiya tugaydi, ammo bu virus yoʻq boʻlib ketishini anglatmaydi. Ammo, umid qilamanki, oʻsha vaqtga borib aralashuvlarga ehtiyoj qolmaydi”, deya qoʻshimcha qiladi u.
Xans Klyuge, shuningdek, rasmiylarni cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilishga chaqirdi.
Avvalroq Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti oʻtgan haftada koronavirus bilan kasallanish 7 foizga oʻsganini, oʻlim koʻrsatkichi esa 6 foizga kamayganini maʼlum qilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring