“Nexia” rulidagi ayol

13:25 07 Mart 2022 Jamiyat
884 0

Foto: Халқ сўзи

“Oʻrgatuvchi” belgisi qoʻyilgan yengil mashinada avtomotohavaskorlarga haydovchilik boʻyicha amaliy mashgʻulot oʻtkazayotgan bu ayolni Namangan viloyatining Norin tumani yoʻllarida deyarli har kun uchratasiz. U “Vatanparvar” tashkilotining tumandagi oʻquv sport-texnika klubi tajribali usta oʻrgatuvchisi Muqaddamxon Sultonovadir. Tizimga ilk bor kirib kelgan ayollardan boʻlgan mahoratli mutaxassis oʻz kasbining fidoyisi.

— Ilgari avtomobil haydash faqat erkaklarning ishi deya hisoblangan boʻlsa, endilikda ayollarning rulni chapdastlik bilan boshqarishiga ham koʻzimiz oʻrganib qoldi, — deydi M. Sultonova. — Oʻz navbatida avtomaktablardagi ayol oʻrgatuvchilar safi ham kengayib bormoqda. Ayni paytda viloyatimizda ular soni 6 nafarga yetgan.

Mahoratli oʻrgatuvchi ustaning mehnatlari mahsuli undan puxta saboq olib, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilib harakatlanayotgan minglab intizomli haydovchilar timsolida yaqqol koʻzga tashlanadi. Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida koʻplab ustozlar qatori Muqaddamxon Sultonovaga ham shogirdlari bayram bilan qutlab guldastalar tutishdi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер