NBC: AQSH Yaqin Sharqqa qoʻshin yuborishni tezlashtiradi
AQSH yana bir necha ming dengiz piyodalari va dengizchilarni Yaqin Sharqqa yuborishni tezlashtirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda NBC News.
Taʼkidlanishicha, kamida 2,2 ming dengiz piyodasidan iborat 11-dengiz piyodalari ekspeditsiya korpusi yaqin kunlarda San-Diyegodan joʻnab ketadi.
NBC News manbalarining xabar berishicha, harbiylar USS Boxer desant kemasi bortiga joylashtiriladi. Korpusga yana bir yoki ikkita kema hamrohlik qiladi, bu esa yana bir necha ming amerikalik dengizchilarning yuborilishini anglatishi mumkin.
Avvalroq xorijiy OAV AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Eronga qarshi urushning yangi bosqichiga tayyorgarlik doirasida Yaqin Sharqqa yana minglab amerikalik askarlarni yuborish imkoniyatini koʻrib chiqayotganini qayd etgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring