Navoiylik shifokorlar koronavirus yuqtirgani rostmi?

22:02 02 Iyul 2020 Jamiyat
1113 0

Navoiy viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi xodimi S.Ahmadov ijtimoiy tarmoqlar orqali prezidentga murojaat qilib, oʻzi faoliyat olib borayotgan shifoxonadagi ayrim xodimlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan boʻlsa-da, masʼullar tomonidan hech qanday chora koʻrilmaganini bayon qilgan edi.

Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi ushbu holat yuzasidan bayonot berdi.

Qayd etilishicha, tegishli mutaxassislar tomonidan olib borilgan oʻrganish va surishtiruv ishlariga koʻra haqiqatan ham mazkur tibbiyot muassasasining reanimatsiya boʻlimida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlarining bir necha nafarida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning dastlabki holatlari qayd etilganligi oʻz tasdigʻini topgan.

«Yuqoridagilarni inobatga olib, sogʻliqni saqlash boshqarmasining 2020-yil 23-iyundagi 132-sonli buyrugʻiga asosan Navoiy viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazining reanimatsiya boʻlimi karantinga yopilib, huquq tartibot xodimlari tomonidan qoʻriqqa olingan.

Shuningdek, muassasada faoliyat olib borayotgan boshqa barcha tibbiyot xodimlari, bemorlar hamda ular bilan yaqin muloqotda boʻlgan barcha fuqarolar umumiy nazoratga olinib, karantin tartiblari qatʼiylashtirilgan», – deyiladi rasmiy bayonotda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер