Navoiydagi “zapravka” operatori qariyb 700 millionni “tuya qilgani” maʼlum boʻldi

11:16 16 Sentyabr 2024 Jamiyat
317 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Navoiy viloyatida yoqilgʻi mahsulotlari sotuvidan tushgan 689,5 million soʻmni oʻzlashtirgan shaxslarni qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan “N.B.” MCHJning murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazgan.

Qayd etilishicha, MCHJga qarashli AYOQSH bosh operatori S.A. va boshqalar rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritish orqali yoqilgʻi mahsulotlari sotuvidan tushgan 689,5 million soʻmni kirim qilmasdan, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

“Mazkur holat yuzasidan JKning 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratilishi haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер