Navoiyda salbiy holatlar sodir etgan 10 nafar xodim ichki ishlar safidan chetlatildi
Navoiy viloyati IIBda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari rahbarligida tanqidiy-tahliliy yigʻilish oʻtkazildi. Bu haqida Navoiy viloyati IIB xabar berdi.
Unda aytilishicha, Navoiy viloyati IIBning barcha shaxsiy tarkibi bilan oʻtkazilgan yigʻilishda xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, xodimlar tomonidan turli koʻrinishdagi salbiy holatlar sodir etilishini oldini olish, xususan korrupsion turdagi jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish masalalari muhokama qilingan.
Shuningdek, joriy yilning 10 oyi mobaynida xodimlar tomonidan 93 ta turli xildagi salbiy holatlar sodir etilgan boʻlib, 10 nafar xodim ichki ishlar organlari safidan chetlatilgan. Yigʻilish davomida ham salbiy harakatlari aniqlangan 13 nafar xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi tayinlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring