Navoiyda o'g'irlikka tushgan 15 yoshli maktab o'quvchilari ushlandi
Foto: IIV huzuridagi Tergov departament
Navoiy viloyatida voyaga yetmagan maktab o'quvchilari begona uyga o'g'irlikka tushishdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Navoiy viloyati 2021-yil 27-dekabr kunidan 2022-yil 02-yanvar kuniga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida nomaʼlum shaxslar oʼzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Qiziltepa tumani “Urganji” qishlogʼida joylashgan 35 yoshli I.A.,ga tegishli uyga, hech kim yoʼqligidan foydalanib, xonalarning deraza va eshik oynalarini sindirib, gʼayriqonuniy ravishda kirib, xonadonda boʼlgan jami narxi 7.000.000 soʼm boʼlgan bir dona elektr pechning ehtiyot qismlarini, bir dona arava, uch dona “Kama” va “Ural” rusumli velosipedlarni, ikki dona qozon, bir dona gaz plita, 200 AQSH dollari miqdordagi naqd pullar hamda boshqa narsa va buyumlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Qiziltepa tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni voyaga yetmagan maktab oʼquvchilari 15 yoshli I.A., 14 yoshli Q.R. va Yu.Sh., lar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan jabrlanuvchiga tegishli boʼlgan velosiped hamda boshqa narsa va buyumlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Eslatib oʻtamiz, oldinroq Xorazmda erkak mehmonga kelgan uyida oʻgʻirlik sodir etdi. Shuningdek, Jizzaxda qaynisi tomonidan oʻgʻirlik sodir boʻlganligi xabar qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring