Navoiyda er xotinini urib o‘ldirdi
20 may kuni Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida oilaviy janjal o‘limga sabab bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.
Manbada qayd qilinishicha, fuqaro T.U. mast holda uyig kelgan va janjal chiqargan. Oilaviy janjal oqibatida u turmush o‘rtog‘i M.E. ismli ayolning boshi va tanasining turli joylariga tayoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada M.E. voqea joyida vafot etgan. T.U. qo‘lga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring