Navoiyda daryodan jasad topildi
2020-yilning 15-iyul kuni taxminan soat 10:30lar atrofida Karmana tumani “Kattamachit” mahallasida joylashgan Navoiy IESga qarashli suv oʻtqazish toʻgʻoni oldida joylashgan suv oʻtqazish joyining oqib oʻtuvchi “Zarafshon” daryosi ichidan taxminan yoshi 40-45 lardagi, erkak jinsidagi nomaʼlum shaxs murdasi aniqlandi. Bu haqda IIV xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu nomaʼlum shaxsning murdasi 1975-yilda tugʻilgan Samarqand viloyati Paxtachi tumani «Dabusiya» mahallasida yashovchi T.Y.ga tegishli ekanligi aniqlandi.
2020-yilning 12-iyul kuni soat taxminan 20:00 larda, fuqaro O.D ga tegishli boʻlgan Karmana tumani «Koʻxna-qoʻrgʻon» mahallasi “Ustashirin” koʻchasida qayni ukasi F.P hamda qizi M.G bilan birgalikda oldindan jinoiy til biriktirib, T.Y bilan oʻrtalarida kelib chiqqan oʻzaro kelishmovchilik natijasida H.R va F.P. T.Y.ning tanasining turli qismlariga yogʻoch boʻlagi bilan urib, tan jarohati yetkazishadi, H.R T.Yning boʻyin qismidan oyogʻi bilan bosib, uni xushsiz holatga keltirgan, kech soat 01:00 larda T.Yning oʻlganligini bilganlaridan keyin, uning jasadini eshak aravaga ortishib, «Koʻxna-qoʻrgʻon» mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi “Zarafshon” daryosiga oqizib yuborishadi.
“Mazkur qotillik hech bir fuqaroni befarq qoldirmasligi kerak. Respublikamizda davom etayotgan epidemik vaziyatda bu kabi murosasizlik kimningdir hayotdan koʻz yumushi bilan yakun topishi juda ayanchli va tashvishli holat.
Yuqoridagi kabi holatlarga sabab boʻlayotgan arzimagan tortishuv va kelishmovchiliklarga barham berish lozim, chunki inson hayotga bir marotaba keladi. Uni xayrli amallar bilan oʻtkazish ham, jinoyat yoʻliga kirib oʻzini badnom qilish ham uning oʻziga bogʻliq.
Viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv xodimlarining aniq va tezkorligi sabab mazkur jinoyat ochildi. Aybdorlar qonunda belgilangan tartibda albatta jazosini oladi”-deya fikr bildirdi holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik I.Tillayev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring