Navoiy, Buxoro Toshkent viloyati va Samarqandda sanoatdagi oʻsish menga maʼqul emas — Shavkat Mirziyoyev

18:38 10 Yanvar 2023 Siyosat
1097 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

“Navoiy, Buxoro Toshkent viloyati va Samarqandda sanoatdagi oʻsish menga maʼqul emas”, — dedi Prezidentimiz.

Qoraqalpogʻiston, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Fargʻona va Xorazmda ip-kalavani qayta ishlash darajasi pastligicha qolayotgani qayd etildi.

Namangan, Samarqand va Navoiyda oziq-ovqat, charm-poyabzal, mebel ishlab chiqarish salohiyati yetarlicha ishga solinmagan.

Umuman, 20 ta tuman va shaharda sanoat ishlab chiqarish hajmi 2021-yilga nisbatan kamaygan.

Farmatsevtikada ishlab chiqarish 6 foizga kamaygan, import 2 milliard dollarga yaqinlashdi.

Charm-poyabzal sanoatida tayyor mahsulot eksporti bor-yoʻgʻi 68 million dollarni tashkil etib, bu tarmoq salohiyatiga umuman toʻgʻri kelmaydi.

Oziq-ovqat sanoatida oʻtgan yilda ishlab chiqarish hajmi atigi 4,5 foizga oʻsgan. Xorazm, Sirdaryo va Qashqadaryoda qayta ishlash quvvatlari pastligicha qolmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер