“Navbahor”dan magʻlubiyat, “Bunyodkor”dan gʻalaba
Kecha, 18-mart kuni Oʻzbekiston Superligasining 4-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Bunyodkor” klubi Xorazm viloyatida “Xorazm” jamoasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 1:2 hisobida “qaldirgʻochlar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga gʻoliblardan Nosirjon Abdusalomov va Matiya Krivokapich mualliflik qildi. “Xorazm”ning yagona javob goli esa Temur Ismailov hisobiga yozildi.
Tur doirasida muxlislar vodiy derbisiga guvoh boʻlishdi. Ushbu bahsda “Qoʻqon-1912” klubi oʻz maydonida “Navbahor” bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga gʻoliblardan Javohir Husanov va Muhammadanas Hasanov mualliflik qildi. Namangan klubining yagona javob goli esa Anri Chichinadze hisobiga yozildi.
Kunni yakunlab bergan bahsda esa Navoiyning “Qizilqum” klubi oʻz maydonida OKMK jamoasini qabul qildi. Bahs mehmonlarning 0:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga Abror Karimov mualliflik qildi.
Maʼlumot uchun, 4-tur oʻyinlari 20-mart kuni oʻz yakuniga yetadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring