“Navbahor”dan gʻalaba, “Andijon”dan magʻlubiyat

09:21 08 Aprel 2026 Sport
197 0

Kecha, 7-aprel kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston Superligasining 6-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan dastlabki bahsda “Lokomotiv” klubi “Doʻstlik” stadionida “Xorazm” bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga mehmonlardan Yanis Leri, mezbonlardan Temurxoʻja Abduxoliqov mualliflik qildi.

Kunning ikkinchi oʻyinida esa “Bunyodkor” jamoasi safarda “Mashʼal” bilan kuch sinashdi. Uchrashuv “qaldirgʻochlar”ning 0:1 hisobidagi gʻalabasi bilan tugadi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga Matiya Krivokapich mualliflik qildi.

Kunning markaziy oʻyinida esa “Andijon” jamoasi oʻz maydonida “Neftchi”ni qabul qildi. Uchrashuv namanganliklarning 0:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga Georgi Jgerenaia mualliflik qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер