NATO Rossiya chegarasida harbiy mashgʻulotlar boshladi
Foto: BULL RUN-19 zdj. 16 Dywizja Zmechanizowana
Polshada NATO bilan yillik “Bull Run-19” qoʻshma taktik harbiy mashqlari boshlandi. Bu haqda “Polsha 5 radiosi” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mashgʻulotlar Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan chegarada joylashgan Varm-Masuriya vodiysi va Belorus bilan chegaradosh Podlase voyevodligida oʻtkazilmoqda.
22-24-noyabr kunlari boʻlib oʻtadigan harbiy mashgʻulotlarda Shimoliy Atlantika alyansining Polshada joylashgan 15-Gijitsa mexanizatsiyalashgan brigadasi va batalon jangovar guruhi askarlari ishtirok etadi.
“Askarlar aloqa tizimlarini tekshiradi, relef va yoʻllarning xususiyatlari bilan tanishadi. Mashqlar tahdidli vaziyatda ittifoqchilarning kuchaytirilgan kuchlari xavfsizlikni taʼminlash va tajovuzkorni toʻxtatib turish uchun qanday hamkorlik qilishini sinab koʻrish uchun moʻljallangan”, deydi brigada shtab boshligʻi vazifasini bajaruvchi podpolkovnik Petr Polbratek.
Mashqlarning maqsadi Polsha va ittifoqchi qoʻshinlarning ushbu hududlardagi faoliyati samaradorligini oshirishdir.
Shu yilning 6 — 9-noyabr kunlari Polshaning janubi-sharqida, Nova-Dembe shahrida NATO aʼzolari ishtirokida “PUMA-22” harbiy mashqlari boshlangan edi. Unda Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Buyuk Britaniya va AQSHdan ikki mingga yaqin harbiy xizmatchi va 300 dona texnika jalb qilingandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring