Narpay tumani hokimi oʻzgardi
Narpay tuman hokimligida xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazilmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar berdi.
Sessiya kun tartibida tashkiliy masala koʻrilmoqda. Botir Jabborov boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.
Narpay tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar tomonidan tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Sherzod Rahmonov nomzodi tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, Botir Jabborov 2017-yildan buyon Samarqand viloyati Narpay tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring