Napoleon vafot etgan xonaning kaliti 112 ming dollarga sotildi
Sothebyʼs kimoshdi savdosida Napoleon Bonapartning Avliyo Yelena orolidagi surgunda vafot etgan xonasi kaliti sotildi. Kalit yangi egasiga 112 ming AQSH dollariga tushdi. Qadimiy yodgorlik dastlabki bahodan 16 baravar qimmatga sotildi. Bu haqda kimoshdi savdo uyining veb-saytida maʼlum qilingan.
Kalitning uzunligi 13 santimetrga teng boʻlib, u xat solingan konvert bilan birga sotildi. Xatda quyidagi satrlar yozilgan edi: «Napoleon vafot etgan va men shaxsan qalʼadan olib chiqqan Longvuddagi xonaning kaliti. Ch.R.Foks, Avliyo Yelena, 1822-yil 6-sentyabr».
Maʼlumki, Foks Britaniya harbiy xizmatchisi boʻlgan. U ushbu kalitni Shotlandiyaga olib kelgan. Foks kalitni Fransiya imperatorining muxlisi boʻlgan onasiga sovgʻa qilgan. Yaqinda Shotlandiyadagi uylarning biridan xona kaliti va yozuv topildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring