Namangandagi “zapravkada” “Niva” yonib ketdi
Foto: Namangan FVB
Namangan viloyati Pop tumanidagi “zapravkada” “Niva” rusumli mashina toʻliq yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 3-dekabr kuni soat 18:06 da viloyat FVBga Pop tumani Chinor mahallasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchada “Lada Niva” avtomobili yonlayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan soat 18:12 da yongʻin qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan va soat 18:19 da alanga toʻliq bartaraf etilgan.
Taʼkidlanishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan yoki halok boʻlgan shaxslar yoʻq. Hozirda sodir boʻlgan yongʻin sababi va keltirilgan zarar miqdori oʻrganilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring