Namangandagi qabristonlardan biri yonib ketdi
Foto: Namangan FVB
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi “Mavlono” qabristoni yoqib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, bugun, 16-may kuni soat 14:56 da Yangi Namangan tumani FVBga “Istiqbol” MFY Koʻzgu koʻchasida joylashgan “Mavlono” qabristonida yongʻin yuz bergani haqida xabar tushgan.
Xabarga asosan hodisa joyiga yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 15:09 da yetib borib, soat 15:29 da alangani bartaraf etgan.
Bildirilishicha, yongʻin oqibatda qabriston hududining 50 kvadrat metr joyi yonib, zararlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring