Namangandagi metan “zapravka”da “Damas” yonib ketdi
Foto: Namangan FVB
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchasida “Damas” yonib ketdi. Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, holat kecha, 25-mart kuni Nurobod mahallasida joylashgan gaz “zapravka”da sodir boʻlgan. Boʻlimga soat 17:58 da hududda mashina yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 18:03 da voqea joyiga yetib borgan, 18:04 da yongʻin oʻrab olinib, 18:06 da oʻchirilgan.
Hodisada “Damas” avtomobili toʻliq yonib zararlangan. Jarohatlanganlar yoʻq. Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring