Namangandagi yirik suv olish inshootiga tejamkor nasos agregatlari o‘rnatildi
Foto: “Xalq so‘zi”
"Namangan suv ta’minoti" mas’uliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi “Qizil Rovot” suv olish inshooti Namangan shahri, Uychi, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanining viloyat markaziga yondosh qismiga toza ichimlik suv yetkazib berishga xizmat qiladi. Bu yerda uchta energotejamkor nasos agregatlarini o‘rnatilib, dastlabki sinovdan o‘tkazildi. Texnologik yangilanish ishlari, jumladan, zamonaviy agregatlar, zadvijka, zatvor va maxsus klapanlarni sotib olish, ularni o‘rnatish va boshqa zarur tadbirlar uchun respublika byudjeti, “O‘zsuvta’minot” hamda “Namangan suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari hisobidan hammasi bo‘lib 11,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Ma’lumot uchun, hozirgacha “Qizil Rovot” suv olish inshooti orqali iste’molchilarga suv yetkazib berishda yuqori energiya sarflovchi ikkita nasosdan foydalanilayotgan edi. Endilikda ular yoniga uchta tejamkor agregatlar qo‘shilishi bilan quvvatlar sarfida keskin o‘zgarish yasaldi. Pirovard natijada, soatiga 500 kVt, bir kecha kunduzda 1200 kVt va yil davomida 4380000 kVtdan ko‘proq elektr energiyasini tejab qolish imkoniyati yuzaga keldi. Bu bilan 2 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ iqtisod qilinadi.
Qudratilla NAJMIDDINOV
“Xalq so‘zi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring