Namanganda tez yordam mashinasi ishtirokidagi YTHda bir kishi halok boʻldi
Hodisa kecha Chortoq tumanida yuz bergan. Tez yordam haydovchisi oldida ketayotgan mashina toʻsatdan toʻxtaganda YTHning oldini olish uchun qarama-qarshi yoʻlga chiqib ketgan. Soʻng shu yoʻnalishda kelayotgan Cobalt bilan toʻqnashgan. Oqibatda haydovchi vafot etgan. Mashinadagi uning ikki sherigi omon qolgan. Viloyat SSB tez yordam mashinasi soz holatda, haydovchi ham sogʻlom boʻlganini taʼkidlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring