Namanganda qalbaki dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

10:52 11 Oktyabr 2023 Jamiyat
307 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.Sh. oʻz uyida yashirin sex tashkil etib, “Piratsetam” dori vositasini qimmat narxlarda oʻtkazish maqsadida “Panavir” nomi ostida qayta qadoqlab ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, tekshiruv davomida 672 quti “Piratsetam”, 299 quti “Panavir” nomi tushirilgan dori vositasi hamda 12 750 dona yorliq va 2 550 dona dori vositasi oʻrovi uchun maxsus quti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер