Namanganda “Prezident archasi” tantanalari
Foto: "Xalq so'zi"
Bugun oʻtkazilgan anʼanaviy “Prezident archasi” bayram tomoshalari namanganlik bolajonlarga ham bir olam quvonch hadya etdi.
Namangan viloyat Yoshlar markazida boshlangan tantanali tadbirga oilaviy bolalar uylari, Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan harbiy xizmatchilar farzandlari, oilaviy bolalar uylari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 3-15 yoshli oʻgʻil-qizlari taklif etildi.
Shunday qilib bayramning 200 nafardan ziyod ishtirokchilarini viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov Yangi yil ayyomi bilan muborakbod etib, ularga ezgu tilaklar bildirdi. Jamoatchilik vakillari ishtirokida bolajonlarning har biriga tarkibida 16 turdagi shirinlik, ikki turdagi oʻquv qurollari va Bolajonlar ensiklopediyasi hamda uch turdagi boshqa hadyalar kiritilgan “Prezident sovgʻasi” topshirildi. 12 yoshdan oshgan 13 nafar oʻgʻil-qizga esa planshetlar ham tuhfa qilindi. Sahnadagi betakror tomoshalar, “Yangi yil orzusi” nomli teatrlashtirilgan bayram dasturi murgʻak qalb egalarini zavqli sarguzashtlarga oshno etdi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring