Namanganda musaffo iqlim yaratish imkoniyatlari kengaymoqda

17:13 04 Oktyabr 2023 Jamiyat
685 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Viloyatda mamlakatda birinchilar qatorida maishiy chiqindilar bilan ishlash boʻyicha davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishga kirishilgan edi. Bu ish qisqa vaqt ichida oʻz samarasini koʻrsatdi. Jumladan, boshqaruvning yangi tuzumiga ixtisoslashtirilgan “Namangan musaffo iqlim” masʼuliyati cheklangan jamiyati bugungi kunda Namangan shahri va yaqin atrofdagi besh tuman hududini qamrab olgan boʻlib, viloyat aholisining deyarli yarmiga xizmat koʻrsatmoqda. Faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida korxona moddiy-texnik imkoniyatlarini muttasil oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Xususan, kuni kecha MCHJning texnika parkiga chiqindi yigʻuvchi maxsus texnikalarning navbatdagi turkumi keltirildi.

— Hozirga qadar ixtiyorimizda 78 ta maxsus avtomashina boʻlib xonadonlarni toʻla qamrab olishga qiynalayotgan edik, —deydi masʼuliyati cheklangan jamiyat direktori Fahriddin Ibrohimov. — Korxonaning davlat xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha majburiyatlariga asosan 100 dona maxsus texnika sotib olish uchun Xitoyning “Chengli spesial avtomobileco” LTD kompaniyasi bilan tuzilgan 5 mln. dollarlik shartnoma boʻyicha yana 50 ta yangi mashina olib keldik. Bu bilan tasarrufimizdagi hududlarda yashayotgan 600 mingga yaqin aholi xonadonlari maishiy chiqindilarini toʻla olib chiqib ketish imkoniyati yaratildi. Ishlovchilarimiz soni esa 150 nafardan oshdi.

Xuddi shu kabi Pop tumanidagi maishiy chiqindilar bilan ishlovchi ikkita korxona 12 kubometr sigʻimga ega “Isuzu FVR 34 K” rusumli 14 ta maxsus texnika bilan taʼminlandi.

                                                                    Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер