Namanganda “yersotar” fuqaro qoʻlga tushdi
Yer maydonlarini sotish bilan bogʻliq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchqoʻrgʻon tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unda fuqaro M.I. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, “Navbahor” MFY hududidagi “issiqxona” qurish uchun ajratilgan 30 sotix yer maydonining 7 sotixini fuqaro N.P.ga va 4 sotixini fuqaro M.H.ga sotishini aytib, 9 ming AQSH dollari va 55 million soʻmni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgani fosh qilingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring