Namanganda elektr tarmogʻiga yashirincha ulangan tadbirkor davlatga 217 898 100 soʻm miqdorida zarar yetkazdi
Namangan shahridagi xususiy korxona rahbarining qingʻir ishi MIB xodimlari tomonidan fosh qilindi. U elektr energiyasi hisobi uchun oʻrnatilgan transformatorning kuchlanish zanjirini uzib qoʻyib, quvvatdan oʻgʻrincha foydalanayotgan ekan.
Bunday hol “Ismatilla sanoat servis” MCHJga qarashli inshootda “Muxlisabonu savdo servis” xususiy korxonasiga tegishli hisobiga olish asboblarini koʻzdan kechirish chogʻida aniqlandi. Bu yerda ish olib borayotgan “Tubo conditer” xususiy korxonasi rahbari bilsa hazil, bilmasa chin qabilida energiyadan hisoblagichdan tashqari foydalanayotgan boʻlib chiqdi.
Mutaxassislar qonunbuzar mazkur ishi bilan taʼminotchi korxonaga oz emas, koʻp emas 217 898 100 soʻm miqdorida zarar yetkazganligini hisob-kitob qilib berishdi. Biroq, isteʼmolchi qilmishidan xulosa chiqarishni xohlamadi chogʻi, zarar summasini muddatida toʻlamadi. Bunisi esa qimmatga tushdi. Unga nisbatan toʻplangan materiallar koʻrib chiqilib, Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring