Namanganda DXMning 10 filiali aholi mushkulini oson qilmoqda
Foto: Qudratilla Najmiddinov / Xalq so'zi
Namangan viloyati shahar va qishloqlarida davlat xizmatlari markazining mavjud 10 filiali joriy yilning toʻqqiz oyi davomida aholi va tadbirkorlik subyektlariga 9159 ta davlat xizmatlari koʻrsatdi. Zarur yumushni bitirish uchun yaqin vaqtga qadar shahar yoki tuman markazlariga qatnab kelgan fuqarolar endi uzogʻi yaqin boʻlganidan xursand. Birgina Chortoq tumanidan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan “Baliqlikoʻl” filiali misolida koʻradigan boʻlsak, joriy yil boshidan buyon uning xizmatidan mingga yaqin fuqaro foydalandi.
aliqlikoʻlda yashovchi Feruza Hamdamova davlat xizmatlariga koʻp bora murojaat qilgan. Bugun u va mahalladoshlari qishlogʻidan chiqmagan holda xizmatdan foydalanish imkoniyati tugʻilganidan minnatdor.
-Avvallari davlat xizmatlariga ariza berish uchun kamida 3-4 soat vaqtimiz ketgan. Uzoq yoʻl bosib Chortoqqa borardik. Mana endi ortiqcha sarf yoʻq, vaqtimiz ham tejalyapti. Mahallamizdagi filialga bu gal koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yuzasidan murojaat qildim. Masalamni 15 daqiqada hal qilib berishdi, - deydi F. Hamdamova.
Qudratilla NAJMIDDINOV. “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring