Namanganda deputat ayol vafot etdi

22:53 10 Aprel 2021 Jamiyat
3165 0

Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati Dilshoda Dadajanova 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Dilshoda Dadajanova 1949-yilda Andijon tumanida xizmatchi oilasida tugʻildi. 1971-yilda Kuban davlat universitetining siyosatshunoslik fakultetini tamomladi.

Koʻplab shogirdlarning ustozi oʻz mehnat faoliyatini 1971-yilda Pop tumanidagi 7-maktabda oʻqituvchi sifatida boshladi.

1974-1983-yillarda tuman partiya qoʻmitasi yoʻriqchilikdan to viloyat yoshlar tashkiloti rahbarligigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi.

1983-85 yillarda Moskva ijtimoiy fanlar akademiyasi aspiranturasida taxsil oldi.

1985-87 yillarda Oʻzbekiston yoshlar tashkilotiga rahbarlik qildi.

1987-1998-yillarda Namangan viloyat hokimining oʻrinbosari sifatida faoliyat koʻrsatdi.

1998-2011-yillarda Namangan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab, viloyat taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqishda zahmatli mehnat qildi.

Dilshoda Dadajanova to vafotiga qadar Pop tumani mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boʻlimi boshligʻining keksalar va faxriylarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

U “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan edi.

“Xalq soʻzi” tahririyati marhumning yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер