Namanganda daraxtlar parvarishiga eʻtibor qaratmagan masʻullarga chora koʻrildi
Yangi Namangan tumani Ekologiya boʻlimi xodimlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida korxona va tashkilotlar hududlariga ekilgan daraxt va buta koʻchatlarini parvarishlash va agrotexnik tadbirlarining oʻz vaqtida olib borilishi yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganish davomida tumanning “Ishonch” MFY hududida joylashgan “Respublika paxtalikoʻl ftiziatriya va pulmonologiya” markaziga joriy yil bahorda ekilgan manzarali daraxtlar va buta koʻchatlari sugʻorilmaganligi, oʻz vaqtida agrotexnik tadbirlar olib borilmaganligi aniqlandi. Natijada 195 tup manzarali daraxt koʻchatlari qurib qolgan.
Shuningdek, bu kabi holat 16-oilaviy poliklinika “Sherbuloq” filialida ham aniqlangan.
Yuqoridagi holatlar boʻyicha tashkilot mutasaddilariga MJtKning 79-modda 3-qismiga koʻra bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari — 3 300 000 soʻm miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring