Namanganda agrosanoat klasteri tashkil etildi

10:58 09 Sentyabr 2019 Jamiyat
1416 0

Namangan viloyatining Mingbuloq va Pop tumanlarida agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qaror bilan Mingbuloq va Pop tumanlarida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini, xorijiy banklarning va tijorat banklarining kredit liniyalarini jalb qilish hisobiga agrosanoat klasterlari tashkil etildi.

Shunga koʻra, tarkibida 19 ta agrosanoat korxonasi mavjud boʻlgan “Art Soft Holding” MCHJ faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Xususan, MCHJ tarkibiga kiradigan “Art soft tex cluster” fermer xoʻjaligiga Mingbuloq tumanida umumiy 30,9 ming gektar (shundan 27,1 ming gektar ekin maydoni) hamda Pop tumanida umumiy 31,5 ming gektar maydon (shundan 24,7 ming gektar ekin maydoni) 50 yilgacha, biroq 30 yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga berildi.

Qarorga koʻra, tuproq unumdorligini oshirish, ekin yerlaridan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish Agrosanoat klasterining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Qaror bilan “Art Soft Holding” MCHJ va uning tarkibiga kiradigan agrosanoat korxonalari tomonidan 2019-2020-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер