Namanganda 17,3 mln. soʻmga PUBG akkauntini sotib olgan yigit chuv tushdi
Namangan viloyati Norin tumanida yashovchi 21 yoshli T.I. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 17.315.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Samarqand viloyati Samarqand tumanidada yashovchi 21 yoshli A.I. sodir etganligi aniqlangan.
Unga koʻra, A.I., jabrlanuvchi T.I. bilan “Telegram” messenjerining “monstersavdo” nomli kanali orqali tanishib, unga goʻyoki kuchaytirilgan “PUBG” akkauntini sotishi haqida aytib uni aldab, oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank kartasiga oldindan 17.315.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini oʻtkazdirib olgandan soʻng oʻzaro kelishmovchilik tufayli 12.000.000 soʻm pullarini qaytargan, qolgan qismini qaytarmasdan turli bahonalar qilib, yozishmalarni oʻchirib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, A.I.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring